Abulqosim az-Zamaxshariy va mo‘’taziliylik haqida
Assalomu alaykum! Men "Abulqosim Mahmud az-Zamaxshariyning ilmiy faoliyati" mavzusida bitiruv malakaviy ishi yozayotgan edim. Meni bir aqidaviy masala ikkilantirib qo‘ydi, ya’ni tarixiy-islomiy manbalarda (shuningdek, Islom entsiklopediyasida ham) az-Zamaxshariyni mo‘’taziliylik firqasidan bo‘lganligi, qadariylarga xos dunyoqarashga ega bo‘lganligi qayd etilgan. Sizlarga shu xususda savollarim quyidagicha: 1). Ushbu ulamo chindan ham shu botil firqaga mansub bo‘lganmi? Bir ustozimiz u yoshligida shu yo‘nalishda bo‘lgan, keyinchalik ahli sunna val-jamoaga qaytgan degandilar. 2). Az-Zamaxshariyning Qur’oni karim tafsiriga bag‘ishlangan "Al-Kashshof" asari ham shu ruhda yaratilganmi? 3). Diplom ishida agar bu chin bo‘lsa, az-Zamaxshariyni, uning asarlarini (avvalo, hurmatsizlik qilayotgan bo‘lsam Alloh kechirsin, balki bu o‘sha davr uchun makon va zamon taqozosi bo‘lgandir) tanqidiy jihatdan talqin etish joiz bo‘ladimi? Avvaldan tashakkur!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Zamaxshariy rahmatullohi alayh fasohat va balog‘at ilmida etuk olim bo‘lganlar. Ularning yonida ibodat va taqvo barchasi bo‘lgan. Albatta e’tiqod borasida jumhur ulamolarga zid joylari ham bo‘lgan. Yozgan tafsirlarida ham o‘sha e’tiqodlari kiritilgan. Shuning uchun ahli sunna val jamoa ulamolaridan ko‘plab kishilar ahli sunna val jamoa aqiydasi asosida “Kashshof” tafsiriga xoshiya ham yozganlar. Islom ummati har bir narsada barcha jihatlarni e’tiborga olganlar. Biror shaxs haqida ma’lumot berilganda xilqatiga tegishli ayblarni g‘iybat qilishmagan. Shaxsiy hayotiga tegishli ishlarni ham g‘iybat qilishmagan. Ammo ommaga tegishli bo‘lgan ilm va e’tiqod borasida esa ilmiy darajasi, omonatdorligi va e’tiqodini to‘liq bayon qilishgan. Chunki bu narsalar u kishining o‘zigagina taalluqli bo‘lmay, o‘zgalarga ham tegishli bo‘lgani uchun omonatga xiyonat qilish bo‘lmasligi uchun ochiq-oydin aytib o‘tganlar. Sodda qilib tushuntirsak, bu xuddi mashina sotib olayotgan insonga mashinani hamma yaxshi sifatlarini bayon qilish bilan birga zaif nuqtasini ham aytib sotishga o‘xshaydi. O‘sha nuqtani aytmaslik sotuvchi uchun xiyonat hisoblanadi. Chunki o‘sha zaiflik xaridorga taalluqli bo‘ladi. Butkul qoraga chiqarish ham, butkul beayb deb bilish ham ilmda omonatdorlikka to‘g‘ri kelmaydi. Shuning uchun imom Buxoriydek muhaddislar ham roviylarining aybli nuqtalarini ochiq-oydin bayon qilishgan. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 01:38 | Savol-javoblar | 165 | Siyrat va tarix