Meros talashish haqida
Assalomu alaykum! Aziz ustozlar mening opacham xolamning kenja o‘g‘liga erga tekkan. Xolam hamma farzandlarini uy-joyli qilib chiqargan, pochchamni o‘zi bilan olib qolgan. Xolam yaqinda qaytish qildilar, Alloh rahmatiga olsin. Endi aka-ukalar, ya’ni bo‘lalarim uy talashishyapti. Opacham va pochcham kelishib uyni opachamning nomiga o‘tkazishmoqchi, shunga opacham mendan hujjatga pul so‘rayapti. Savolim men so‘ralgan pulni bersam bo‘ladimi? Rahmatli xolam uyni pochchamga niyat qilib o‘zi bilan olib qolgan edi.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Xolangiz o‘tirgan uy erining mulki hisoblanadi. Eri o‘lganda merosxo‘rlardan kim bo‘lsa o‘shalarga taqsimlanishi shart edi. Shuning uchun biror meros ilmini yaxshi biladigan ahli ilmning huzurida aniqlik kiritib olish kerak. Mabodo merosda haqiqatan ularni ham haqqi bo‘ladigan bo‘lsa, opangiz ularning haqqini bermay o‘ziga o‘zlashtirib olgan hisoblanadi, siz o‘sha zulmga yordam bergan bo‘lasiz. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 01:38 | Savol-javoblar | 150 | Turli savollar