Sunnat namozini imomning yonida turib o‘qish haqida

Assalomu alaykum! Nima uchun imom farz namozini o‘qigandan so‘ng, imomning yoniga o‘tiladi. Men bir rivoyatda eshitishimcha shia imomlari farzdan keyin sunnat namozini yolg‘iz o‘qishar ekan. Chunki ular imom mahdiyni kutishar ekan, balki bizning namozimiz shialar namoziga o‘xshamasligi uchun sunnat namozini imomning yonida o‘qish kerakdir, degan fikr paydo bo‘ldi.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Yoniga turilsin degan joyi yo‘q. Imom o‘zi farz o‘qigan joyidan boshqa joyda sunnat o‘qishi haqida hadis bor.  Vallohu a’lam!

26 May 2022, 01:38 | Savol-javoblar | 146 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar