Ayollar uchun trenajyor zali

Assalomu alaykum! Ustozlar, kelajakda qiladigan ishlarimni reja qilib bir ishni o‘ylagndim. Shuni sizlardan maslaxat qilmoqchiman. Xozirda shaxarda juda ko‘p trenajyor zallari bor. U erda erkak ayol aralash mashq qilishadi. Tabiyki shariatimizda mumkin emas. Kelajakda bir ish qilmoqchiman. Ya’ni faqat ayolllar boradigan zal ochmoqchiman. U erda namozxonasi, taxoratxonalari bo‘ladi. Ya’ni barcha sharotni yaratgan xolda. To‘g‘ri ovqatlanish, aerobika shunga o‘xshash sog‘lomlashtirish qomatni yaxshi saqlash mashqalari, xomiladorlik paytidagi mashqlarni o‘rgatadigan ayollar klubi ochmoqchiman. Unda faqat ayollar bo‘ladi. Va bu klubi o‘z ayolim boshqaruviga bermoqchiman. Bundan maqsad bizni ayollarimiz bola chaqa, uy tashvishlari bilan bo‘lib o‘zlariga vaqt ajrata olmaydilar. Va buni oqibatida oilalar buzilib ketyapti. Er ishdan kelguncha bechora xotin o‘ziga qaray xam olmaydi. Erlar bo‘lsa yoqtirmay urushlar bo‘ladi. Ko‘p guvoxi bo‘lganmiz. Keyin qanchadan qancha ayollarimiz xam erkaklar aralash bo‘lgani uchun shunday fitneslarga bormaydilar. Sog‘lom oila va jamiyat maqsadida shunday fitnes ochsam bo‘ldimi? Albatta shariatdan chiqmagan xolatda javob uchun rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Bo‘ladi. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 01:39 | Savol-javoblar | 153 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar