Qo‘shnilar xaqida
Assalomu alaykum! Biz ko‘p qavatli uyda turamiz. 2021-yil sentyabr oyida bizdan yuqori qavatga talaba qizlar ko‘chib kelishdi (ijara asosida). Lekin shu vaqtgacha 10 marta atrofida uyimizga suv toshirvordi. Qizlar talaba bo‘lganligi uchun boshida indamadim, ammo bu xolat qayta takrorlanaverdi. Qizlardan oldingi turganlar xam suv oqizishgani uchun oshxona chiroqlarim ishlamay qolib, boshqatdan montaj qilib chiqqandim. Qizlarga yaxshi xam, yomon xam gapirib ko‘rdim, xatto uyni egasini xam ogoxlantirdim. Ammo foydasi bo‘lmadi. Kecha ishdan kelishimda yana suv oqizishibdi. Xojatxonani ichida yuqoriga ketadigan suvga suvni berkitadigan zulfin qo‘yganman. Jaxl ustida kecha zulfinni berkitib qo‘ydim, ammo o‘zim xam namoz o‘qiganim uchun bu ishimdan vijdonim qiynalyapti. Maslaxat bering.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Sizga zulm qilishayotgan bo‘lsa tegishli joyga murojaat qiling. O‘zingizcha ularga zarar berish bilan o‘ch olmang. Vallohu a’lam!
14 May 2022, 03:08 | Savol-javoblar | 137 | Turli savollar