Boy bez pravil

Assalomu alaykum! 3895-savolda UFS ko‘rish gunoxligini bildim. Do‘stlarim safsata deyapti. Shunaga bir xadisda keltirlganmi? Javob uchun oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ رَضِي اللهُ عَنْهُ، عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: إِذَا قَاتَلَ أَحَدُكُمْ فَلْيَجْتَنِبِ الْوَجْهَ. رَوَاهُ الثَّلَاثَةُ  Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
«Qachon birortangiz uradigan bo‘lsa, zinhor yuzga urmasin», dedilar».
Uchovlari rivoyat qilganlar.
Sharh: Islomda insonning yuziga urish harom qilingan. Chunki yuz insonning eng sharafli a’zosi hisoblanadi. Jumladan, qulning yuziga ham urishga ruxsat yo‘q. Kim Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning ushbu ko‘rsatmalariga xilof qilib, qulini ursa, sodir etgan jinoyatining jazosi qanday bo‘lishini kelgusi hadisdan bilib olamiz. (“Hadis va Hayot” kitobidan). عَنْ مُعَاذِ بْنِ جَبَلٍ قَالَ : لاَ تَزُولُ قَدَمَا عَبْدٍ يَوْمَ الْقِيَامَةِ حَتَّى يُسْأَلَ عَنْ أَرْبَعٍ : عَنْ عُمُرِهِ فِيمَا أَفْنَاهُ ، وَعَنْ جَسَدِهِ فِيمَا أَبْلاَهُ ، وَعَنْ مَالِهِ مِنْ أَيْنَ اكْتَسَبَهُ وَفِيمَا وَضَعَهُ ، وَعَنْ عِلْمِهِ مَاذَا عَمِلَ فِيهِ Mu’oz ibn Jabal roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: U kishi aytdilar:
Nabiy sollallohu alayhi vasallam: “Qiyomat kuni bandaning ikki oyog‘i, to‘rtta narsadan so‘ralmaguncha (o‘rnidan siljimaydi) davomli bo‘ladi: umrini nimaga sarf qilgani, jasadini nimaga zoe ketkazgani, boyligini qaerdan kasb qilib va uni qaerga ishlatgani, ilmiga qanday amal qilgani haqida, so‘raladi”, dedilar. (Sunani Dorimiy). Vallohu a’lam!

26 May 2022, 01:40 | Savol-javoblar | 129 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar