Karzni to‘lash kerakmi yoki aqiyqa qilish?

Assalomu alaykum! Mashina olish uchun bir necha kishilardan pul olganman. Shu pullarni xozir to‘lab boryapman. Yaqin kunlarda ayolimni ko‘zi yorish arafasida turibdi inshaAlloh. Shunga aqiqaga qarzdan tashqari pul yig‘yapman. Shu ishim to‘g‘rimi? Qarz xolatimda aqiqa qilishim mumkinmi? Javob uchun oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Qarz olgan kishilardan so‘rab roziligini oling. Rozi bo‘lmasa aqiyqa qilishga haqqingiz yo‘q. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 01:40 | Savol-javoblar | 180 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar