Duoni unutib qo‘yish

Assalomu alaykum! Gohida namoz o‘qiyotganda qunut duosi yoki attaxiyat duolari mutlaqo esimdan chiqib qoladi. Buning sababi nimada va bunday holatda nima qilish kerak?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Anvar Shoh Kashmiriy rahmatullohi alayh 20-asrning eng katta allomasi, 32.000dan ziyod kitobni yod olgan(bu o‘zlari tomonidan aytilgan ma’lumot), o‘tgan 500 yilda bu kabi olim chiqmagan(bu bizning ta’rifimiz emas, balki u kishining ustozlarining ta’rifi). Shu zot ustozlari Rashid Ahmad Gango‘hiy rahmatullohi alayhning huzurlariga borib: “Ustoz, mening haqimga duo qilsangiz, men ham yaxshi namoz o‘qiydigan bo‘lay” deb duo so‘ragan ekanlar. Ustozlari bu insonning namozga bo‘ladigan e’tibori kattaligi va ibodati komilligini juda yaxshi bilardilar. Shunday odam ham namozga mustahkam bo‘lish haqida duo so‘raganlarini har joyda so‘zlab yurardilar. Insonni aql va qalb idishi turlicha bo‘ladi. Hammasi ham to‘ladi, hozirgi kunda o‘ta bema’ni narsalar bilan to‘lib qolmoqda. Shuning uchun ibodatdan chalg‘itadigan narsalarni kamaytiring. Televizor ko‘rmang. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 01:41 | Savol-javoblar | 145 | Duolar
|
Boshqa savol-javoblar