Musofirda yurganlar

Assalomu alaykum! Men rassiyada ishlayman meni sherigim aroq ko‘p ichgani sabablik bazida ishga kelmay qo‘yadi shunda g‘ayridinlar aytadi yana bular musulmonmish deb xar xil gaplar gapiradi. Agar musulmonman deb diniga amal qilmasa musulmon desa bo‘ladimi? Yana savol biz nima deb javob beraylik g‘ayridinlarga?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Mo‘min kishini gunohi kabira tufayli, modomiki uni halol deb sanamagan bo‘lsa, dindan chiqqan deb hukm qilmaymiz. Uni musulmon deb bilamiz. O‘sha sherigingiz shaytonning yo‘liga yurib shu gunohga botibdi, nega endi sizlar uni bu ishdan qaytarmaysizlar, nega g‘ayridinlarga kulgu bo‘lishga qo‘yib bermoqdasizlar. Atrofingizdagi kishilarda biror munkar ishlar ko‘rsangiz quyidagi hadisga amal qilinglar: عَنْ أَبِي سَعِيدٍ الْخُدْرِيِّ رَضِي اللهُ عَنْهُ، عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: مَنْ رَأَى مِنْكُمْ مُنْكَرًا فَلْيُغَيِّرْهُ بِيَدِهِ فَإِنْ لَمْ يَسْتَطِعْ فَبِلِسَانِهِ فَإِنْ لَمْ يَسْتَطِعْ فَبِقَلْبِهِ وَذَلِكَ أَضْعَفُ الْإِيمَانِ. رَوَاهُ الْخَمْسَةُ إِلَّا الْبُخَارِيَّ  Abu Sa’iyd Xudriy roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Sizdan kim bir munkar ishni ko‘rsa, qo‘li bilan qaytarsin, agar qodir bo‘lmasa, tili bilan qaytarsin, agar qodir bo‘lmasa, dili bilan qaytarsin, ana o‘sha eng zaif iymondir», dedilar».
Beshovlaridan faqat Buxoriy rivoyat qilmagan. Vallohu a’lam!

14 May 2022, 01:31 | Savol-javoblar | 151 | Islam
|
Boshqa savol-javoblar