Zakot bermog‘im kerakmi
Assalamu alaykum! Mani ota onam sepim (sarpoyim)ga 85gr dan biroz ko‘proq tilla taqinchoqlar qilib berishgan. Man ularni olganimdan so‘ng 1yildan ko‘proq o‘tgach, pulim yo‘qligi sababliy o‘sha tillamdan sotib zakot berib qurbonlik qilganman. Bir oz vaqt o‘tib ishlab pul topib, sotgan tillamni qaytadan sotib olganman. O‘tgan yili manga 2gr li tilla uzuk xadiya qilishdi. Barchasini xisoblasa yana 85gr dan bir oz oshadi. Man yana bu yil zakot berishim kerek bo‘ladimi. Man tilla taqinchoqlarimni taqib ishlataman, bazisi esa turadi. Man pul ushlab turish uchun olmaganman, ota onam foydalanib ishlatib yurishim uchun ziynat qilib berganlar. O‘zim ijarada turaman, muqim turar bosh panam yo‘q. Xozirda ishlamaymanxam, uy bekasiman. Turmush o‘rtog‘imni topgani ijara va kundalik xarajatlarimizga etadi xolos, otriqcha pul oshinmaydilar. Kop xolatlarda o‘zim pulga muxtoj bo‘laman, bazan qarz olib turaman, xozirxam bir oz qarzim bor. bazan ishlab qarzimni uzaman. Bu xolda nima qilishim kerek, zakot berishim kerekmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Qarzlaringizni ayirib tashlaganda tillangiz va boshqa mulkingiz nisobga etgan bo‘lsa ulardan zakot berasiz. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 15:04 | Savol-javoblar | 146 | Zakot
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Qarzlaringizni ayirib tashlaganda tillangiz va boshqa mulkingiz nisobga etgan bo‘lsa ulardan zakot berasiz. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 15:04 | Savol-javoblar | 146 | Zakot