3882-savol yuzasidan
Assalomu alaykum! Aziz ustozlar, 3882-savolda bo‘lka nonning puliga gap o‘ynalganini o‘qib bizda ham tushunmovchilik kelib chiqyapti, ya’ni biz talabamiz, kursdoshlar go‘shtni hisobiga o‘ynaymiz. Go‘sht ko‘tarilganda shunga qarab to‘ylarga yig‘iladigan to‘yona pullari ham ko‘payadi degan maqsadda shunga kelishganmiz. Bizda narx-navo ko‘tarilishi sabab kursdoshlar o‘rtasida hech qanday kelishmovchilik yo‘q. Biz hozirda 4 kursmiz va 1 kursdalagimizdan to hozirgacha pulning qiymati oshgani aniq. 4 yil oldin 1 kg go‘sht 20 ming so‘m bo‘lsa, hozirda bu narx 40 ming so‘m. Men kursdoshlarga kim qancha bergan bo‘lsa, shuncha oladi deganimda hech kim rozi bo‘lmayapti. Shu sababli men o‘zim qaysi kursdoshimga qancha bergan bo‘lsam, shuncha berasan deb aytsam to‘g‘ri bo‘ladimi? Shu masalani yaxshilab yoritib berishingizni iltimos qilardim. Javobingiz uchun rahmat! Alloh rozi bo‘lsin!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! To‘g‘ri bo‘ladi. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 01:41 | Savol-javoblar | 155 | Moliya va tijorat
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! To‘g‘ri bo‘ladi. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 01:41 | Savol-javoblar | 155 | Moliya va tijorat