Farzand tug‘ilganida beriladigan ziyofat

Assalomu alaykum! Ustozlar, biz kursdosh va sinfdoshlar orasida bir narsa urf bo‘lgan. Ya’ni agar kim farzandlik bo‘lsa, xursandchilikda do‘stlari uchun yangi tug‘ilgan chaqaloqqa, deb restoranlarda dasturxon yozmoqda. Shu ish to‘g‘rimi? Nimalarga e’tibor berish zarur! Javobingiz uchun oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Restoranga sarf bo‘ladigan dasturxon puliga bitta qo‘y keladi. Shuni farzandning aqiyqasidan desangiz sunnat ado bo‘lib, bolaning bus-butun unib-o‘sishiga sabab bo‘ladi. Sunnatni bajarganingiz uchun farzandingizga Allohning barakasi bo‘ladi. Yor-birodarlar farzand ko‘rganni tabriklashlari shar’an joiz. Tabriklovchilar quyidagi duoni o‘qisalar sunnat ado bo‘ladi. بَارَكَ اللَّهُ لَكَ فِي الـمَوْهُوبِ لَكَ، وَشَكَرْتَ الوَاهِبَ، وبَلَغَ أشُدَّهُ، وَرُزِقْتَ بِرَّهُ Ma’nosi: Alloh hadya qilgan chaqalog‘ingizda sizga baraka bersin. Berganga shukr qiluvchilardan bo‘ling. Farzandingiz o‘sib-ulg‘aysin, yaxshiligini nasib qilsin.  Vallohu a’lam!

26 May 2022, 01:42 | Savol-javoblar | 162 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar