Allohga qasam ichish

Assalomu alaykum! Allohqa qasam boshqa sigaret chekmayman deb, bir qancha muddatdan so‘ng uni buzsa, buzilgan qasamga 10 ta miskinni to‘ydir, kiyintir, qul ozod qil yoki ro‘za tutib ber deyilgan. Qasam buzilgach o‘sha odat bir necha bor takrorlansa ham 3 kun ro‘za tutiladimi yoki uning muddati o‘zgaradimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Nima deb qasam ichganingizni aniq so‘zma-so‘z yozing. Agar “boshqa sigaret chekmayman” degan bo‘lsangiz bir marta kafforat vojib bo‘lib, qolganlariga vojib bo‘lmaydi. Vallohu a’lam!

7 May 2022, 14:37 | Savol-javoblar | 151 | Administrator
|
Boshqa savol-javoblar