Mijozning haqini kim qaytarishi kerak?
Assalomu alaykum! Men savdo bilan shug‘ullanadigan firmada sotuvchi bo‘lib ishlayman. Vazifam mijozga ma’lumot berib, shartnoma tuzishdan iborat. Biz tovarlarni naqd pulga emas, pul o‘tkazish yo‘li bilan, ya’ni bank orqali hisob-raqamimizga pul o‘tkazish usuli bilan sotamiz. Endi asosiy maqsadga o‘tsam. Men bir mijoz bilan shartnoma tuzdim, ular pulni to‘lashdi, lekin mahsulot ularga to‘g‘ri kelmadi. Bizga uni qaytarishdi. Ammo, biz ularning hisob-raqamiga pulni qaytarmadik. Firmamizning hisob-raqamidagi pullar meniki emas, men sotuvchiman, xolos. Firmaning rahbari bor. Pulni qaytarish yoki qaytarmaslikni rahbarimiz hal qiladi. Bu holatda, aynan men topgan mijozlarning haqi (puli) firmamizni hisobida qolib ketsa, menga gunoh bo‘lmaydimi, bunga rahbarimiz javobgarmi? Agar ular qaytargan maxsulotni men noto‘g‘ri sotgan, ya’ni mijozga yolg‘on aralashtirib ma’lumot bergan bo‘lsam, ular o‘ylagan mahsulotni emas, sifati pastini sotgan bo‘lsam. Shu sababdan mahsulotni bizga qaytarishsa, ularga pulni qaytarishga to‘g‘ri kelib qolsa-chi? Lekin firmaning pullari, pulni qaytarish, oldi-berdilarga rahbarimiz mas’ul. Iltimos, shu holatga izoh bersangiz, ularni haqi firma hisobida qolib ketsa, kim javobgar menmi yoki rahbarimizmi? Qanday yo‘l tutgan ma’qul?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Siz javobgarsiz. Qanday qilib bo‘lsa ham qaytartiring. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 01:43 | Savol-javoblar | 151 | Turli savollar
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Siz javobgarsiz. Qanday qilib bo‘lsa ham qaytartiring. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 01:43 | Savol-javoblar | 151 | Turli savollar