Allohga g‘oyibona va’da

Assalomu alaykum! Bizlarga to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatishda berayotgan yordamlaringiz uchun sizlarga tashakkur. Alloh rozi bo‘lsin. Saytda avval bu savolimga o‘xshash savol topilmagani uchun sizlarga murojaat qilyapman. Agar inson qalbidan Allohga g‘oyibona va’da bergan bo‘lsa-yu, lekin shu va’dasini bajarolmay qolsa, buning hukmi qanday bo‘ladi? Ko‘nglimga tugilgani va bu borada va’daga vafo qilmaganim uchun bu savol menga hech tinchlik bermayapti. Javobingizni intizorlik bilan kutaman.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Og‘izdan chiqqan bo‘lsa qasam bo‘lib, qilolmasa kafforat vojib bo‘ladi. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 01:44 | Savol-javoblar | 171 | Islam
|
Boshqa savol-javoblar