Bezorini jazolash
Assalomu alaykum! Ko‘chada bezorilik qilganni ya’ni ayollarga gap otganni, o‘tgan-ketganni mazax qilganni, boshqa musulmonlarni ham ko‘ngillariga ozor bermasligi uchun adabini berib qo‘ysa bo‘ladimi? Bunday bezorilar, asosan Toshkent ko‘chalarida noqonuniy savdo bilan shug‘ullanadigan kishilar bo‘lishadi, masalan: valyuta ayirboshlovchilar, dorifurushlar va hokazo. Bular o‘tgan-ketganga gap otib odamlarning dilini xira qiladi. Bularga nasihatning foydasi yo‘q. Ichki ishlar xodimlariga shikoyat qilish uchun bezorini shaxsini aytib bera olish, hech bo‘lmaganda suratini ko‘rsata olish kerak, keyin bunday qilish bizda uyat hisoblanadi. Shunday vaziyatda bunday bezorilarni jazolab qo‘ysa bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Jazo qilingan xatoga yarasha bo‘ladi. Undan orttirib yuborilsa, zulm bo‘ladi. Dinimizda shaxsiy tarzda jazolash yoki uni tashkil etish joiz emas. Albatta buni o‘sha ishga mas’ul bo‘lgan tashkilot va muassasalarga etkazish lozim. Chunki shariatimizda “inkaarul munkari munkarul” degan qoida bor. Ya’ni ba’zi o‘rinlarda munkar ishni haddidan oshirib ortiqcha jazo berib qaytarish ham gunoh deyilgan. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 01:44 | Savol-javoblar | 129 | Turli savollar