Taloq ko‘yganini aniq bilmaslik

Assalomu alaykum! Bir kishi bor, qattiq tushkunlikka tushib qolgan, taloq qoidalarini o‘rganib tushkunlika tushdi. Aytishicha qaerdadur taloq deb qo‘yganman, ko‘nglim sezyabdi deyabdi, gumoni g‘olib chiqyabdi ekan. Necha marta aytganini xam aniq bilmaydi, balki 2 marta. 3-5 balki 10 marta aytgan bo‘lishim xam mumkin demoqda. Shu insondi xukmi kanday shariatda? U inson nima qilsin?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Hozirgi kunda uylanuvchi yigitlar e’tibor beradigan narsasi bir kunda havoga sovuriladigan va ko‘pincha gunoh sotib olinadigan ishlar bo‘lmoqda. Aslida esa har bir uylanadigan yigit va qizga nikoh va taloq ilmini bilishlari farzi ayndir. Nikohdan oldingi tekshiruvdan o‘tishlar kabi bu ilmlarni ham o‘rgangan yoki o‘rganmaganligini tekshirishni yo‘lga qo‘yish shart. Aks holda inson umr bo‘yi gunoh botqog‘iga botib yashaydi va oxiratdagi manzili ham shunga yarasha bo‘ladi. Bu kabi masalalarni jonli majlisda, ikki tomon va guvohlar huzurida ko‘rish kerak.  Sizlar o‘zingizga yaqin joydagi biror ahli ilmga uchrab maslahat qilinglar. Vallohu a’lam!

2 May 2022, 17:25 | Savol-javoblar | 160 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar