Savolga javob berolmay qoldim

Assalomu alaykum! Men bir inson bilan kelishmay qoldim, bundan pushaymonman, u menga Alloh qaerda degan savolni berdi. Men bir islomiy videoni ko‘rdim. Unda aytilishicha, insonlarning ba’zilari tepada ba’zilari arshda deyishar ekan. Yana aytilishicha Qur’onda qaerdaligi yozilmagan ekan. Shu rostmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Alloh taolo bor edi. U zotdan boshqa hech narsa yaratilmagan edi. Arsh ham, osmonlar ham, er ham hech biri yaratilmagan edi. Hatto tepa ham past ham, o‘ng ham chap ham old ham orqa ham yo‘q edi. Yolg‘iz Allohning O‘zi bor edi, hozir ham o‘shandek. Yuqorida sanab o‘tilganlarning hech biriga Alloh taolo muhtoj emas. Javobga shunday deyish kerak. Bu haqida kelgan oyat va hadislar turlicha bo‘lib, ulamolar “Bu oyat hadislar mutashobih bo‘lib, haqligiga iymon keltiramiz va nimani iroda qilganini O‘ziga havola qilamiz” deganlar. Allohni qaerda deb savol berish noto‘g‘ri, chunki Alloh O‘zining maxluqotlariga o‘xshagan emaski bir joyda turishga muhtoj bo‘lsa. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 01:45 | Savol-javoblar | 137 | Islam
|
Boshqa savol-javoblar