Avratga nazar solish haqida

Assalomu alaykum! Aziz ustozlar, Alloh ishlaringizga rivoj bersin! Yaqinda "Nomahram ayollarga qarash zarari" nomli maqolani o‘qidim ( quyidagi linkda: https://fiqh.uz/maqola/431 ) va ba’zi joylarini tushunmadim. 1) Avratlar: Agar nazari tushib qolgan ayol o‘z mahrami bo‘lsa. Masalan opa yoki singlisi. Bu holatda u bilan avrat chegarasi (kiyimidan tashqaridagi), qorin va bel qismi qo‘shimcha qilingan holda xuddi ikki erkak avrati kabi olinadi. Ya’ni kishi o‘z opasi yoki singlisini boshi, bo‘yni, ko‘kragi, qo‘ltig‘i, boldiri, oyoqlariga «shahvati uyg‘onib ketishidan omonda bo‘lish sharti» bilan, nazar tushib qolsa. 2). Avratga qarashni muboh qiluvchi uzrlar: uylanish niyatida. Ya’ni kishi o‘zi uylanmoqchi bo‘lgan ayolning avratiga tekshirib olish uchun nazar qilishi muboh. Meni tushunishimcha: opa va singlisini kindigidan tepasi va tizzasidan pastiga qarash mumkin, ikkala holatda ham kiyim haqida xech qanday gap yo‘q. Qanday darajada qarashi va tekshirib olishi mumkin? Iltimos, shularni to‘liqroq sharhlab bersangiz!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). To‘g‘ri. Chunki mahramlarda juda ko‘p holatlarda bu joylariga ko‘zi tushishi sodir bo‘ladi. Shunda u gunohkor bo‘lmaydi. Shahvatni uyg‘onib ketishidan omonda bo‘lish shart. Bunday holatda u darajada ochilmaslikka harakat qilish kerak. Xalqimiz bunga juda yaxshi amal qilishadi. 2). Kuyovning opa-singillari kelinni ko‘rib olishlari mumkin.  Vallohu a’lam!

26 May 2022, 01:45 | Savol-javoblar | 142 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar