Sarkadalar

Assalomu alaykum! Alloh taolo qilayotgan ishlaringizni barakasini bersin.
1). Sulaymon alayhissalom saltanatlarining hududi qanchaligi bo‘yicha ishonchli ma’lumotlar bormi?
2). U zot qaysi hududlarni egallaganlar? Misol uchun Aleksandr.M, Chingizxon, Napaleon, Amir Temur kabi «jahongir» shaxslarning harbiy yurishlari haqida ma’lumotlar talaygina. Sulaymon alayhissalomning xarbiy yurishlari haqida ma’lumot bormi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Mujohid va Sufyoni Savriy rahmatullohi alayhimolar butun dunyoga 4 kishi podshoh bo‘lgan. Ikkitasi musulmonlardan Sulaymon ibn Dovud va Zulqarnayn alayhimussalomlar. Ikkitasi kofirlardan Buxtunnasr va Namrudlar. (Bidoya va nihoya). Vallohu a’lam!

26 May 2022, 12:30 | Savol-javoblar | 143 | Siyrat va tarix
|
Boshqa savol-javoblar