Avtomobilda namoz o‘qish
Assalomu alaykum! Avtomobilda ketayotib o‘tirgan xolatda namoz o‘qiganlarni ko‘p ko‘rganman. Bu namoz ado bo‘ladimi? Namoz vaqti bo‘lganda mashinadan tushib o‘qishning iloji borku.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ado bo‘lmaydi. Chunki bu holatda ikki farz, ya’ni birinchi qodir bo‘la turib qiblaga yuzlanish, ikkinchisi qiyom ado bo‘lmaydi. Agar bunga avtomashinada birga ketayotgan hamrohlarning manzilga kech qolishi bahona bo‘lsa, bu narsa uzr hisoblanmaydi. Farzni tark qilish bilan namoz ado bo‘lmaydi. Nafl namozlarni shahar tashqarisida avtomashinada o‘qish joiz. Ayrimlar o‘zlaricha mashinada namoz o‘qib to‘g‘ri qilayapman deb o‘zlariga fatvo chiqarib olishadi. Alloh taolo "Kahf" surasida marhamat qiladi: قُلْ هَلْ نُنَبِّئُكُمْ بِالْأَخْسَرِينَ أَعْمَالًا 103. Sen: «Sizga amallari yuzasidan eng ko‘p ziyon ko‘ruvchilarning xabarini beraymi? الَّذِينَ ضَلَّ سَعْيُهُمْ فِي الْحَيَاةِ الدُّنْيَا وَهُمْ يَحْسَبُونَ أَنَّهُمْ يُحْسِنُونَ صُنْعًا 104. Ular bu dunyo hayotidayoq sa’y-harakatlari botil bo‘lgan, o‘zlari esa, go‘zal ish qilyapman, deb hisoblaydiganlardir», – degin.
Ey Muhammad, sen odamlarga: «Bu dunyoda qilgan amallari tufayli eng ko‘p ziyon ko‘ruvchilarning kim ekanini xabar qilaymi, aytib beraymi?» – degin. Ularning qilgan amallari oxiratga qolish u yoqda tursin, bu dunyoning o‘zidayoq botil bo‘ladi. Qilgan sa’y-harakatlari befoyda bo‘ladi. Holbuki, ular o‘zlaricha, juda yaxshi ish qilyapmiz, deb o‘ylaydilar. Ana shunday odamlar kim ekanini aytib beraymi? ("Tafsiri Hilol" kitobidan). Vallohu a’lam!
25 May 2022, 21:11 | Savol-javoblar | 146 | Ibodatlar