Olimlar va dehqonlar jannatimi?

Assalomu alaykum! Eshitishimga qaraganda, olimlar, ustozlar va dehqonlarning joyi jannatdan bo‘lar ekan. Shu gap rostmi? Javob uchun oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Kasbning o‘zi jannatga tushishga sabab bo‘la olmaydi. Alloh taolo oyati karimada ahli jannatlarning sifatini quyidagicha vasf qilgan:  إِنَّ الَّذِينَ آمَنُوا وَعَمِلُوا الصَّالِحَاتِ كَانَتْ لَهُمْ جَنَّاتُ الْفِرْدَوْسِ نُزُلًا۝ 107. Albatta, iymon keltirgan va solih amallarni qilganlarga Firdavs jannati manzil bo‘lgandir. (Kahf surasi).
Ya’ni iymon keltirib, solih amallarni qilsa. Bunday kishilar kim bo‘lishidan qat’i nazar jannat sohiblari bo‘ladilar. Albatta halol mehnat va ko‘p zikr-ibodatlariga qarab jannatning daajalaridan joy oladilar.
Jannatning sakkizta darajasi bor.
1. Jannatul  xuld. Ommatan kishilar uchun.
2. Dorus salaam. Faqir va sabr qiluvchilar uchun.
3. Dorul maqom. Shukr qiluvchi boylar uchun.
4. Jannatul Adn. Zohid, g‘oziy, obid, saxiy va imomlar uchun.
5. Dorul qaror. Qori va olimlar uchun.
6. Jannatun na’iym. Shahid va muazzinlar uchun.
7. Jannatul ma’vaa. Shuxadoi Akbar, muhsiyn, avliyoi kiromlar uchun.
8. Jannatul firdavs. Payg‘ambarlar, rasullar, ammalli ulamolar uchun.
Firdavsning yuqorisida nurdan bir qasr bo‘lib, u xotamul anbiyo Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning joylaridir. U maqomi mahmuddir. U Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga xos maqom bo‘lib, faqat u zotgagina beriladi. عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ رَضِي اللهُ عَنْهُ قَالَ: قَالَ رَسُولُ اللهِ  صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: مَنْ آمَنَ بِاللهِ وَبِرَسُولِهِ، وَأَقَامَ الصَّلَاةَ، وَصَامَ رَمَضَانَ، كَانَ حَقًّا عَلَى اللهِ أَنْ يُدْخِلَهُ الْجَنَّةَ جَاهَدَ فِي سَبِيلِ اللهِ، أَوْ جَلَسَ فِي أَرْضِهِ الَّتِي وُلِدَ فِيهَا». فَقَالُوا: يَا رَسُولَ اللهِ، أَفَلَا نُبَشِّرُ النَّاسَ؟ قَالَ: «إِنَّ فِي الْجَنَّةِ مِائَةَ دَرَجَةٍ أَعَدَّهَا اللهُ لِلْمُجَاهِدِينَ فِي سَبِيلِ اللهِ، مَا بَيْنَ الدَّرَجَتَيْنِ كَمَا بَيْنَ السَّمَاءِ وَالْأَرْضِ، فَإِذَا سَأَلْتُمُ اللهَ فَاسْأَلُوهُ الْفِرْدَوْسَ، فَإِنَّهُ أَوْسَطُ الْجَنَّةِ وَأَعْلَى الْجَنَّةِ، أُرَاهُ فَوْقَهُ عَرْشُ الرَّحْمَنِ، وَمِنْهُ تَفَجَّرُ أَنْهَارُ الْجَنَّةِ. قَالَ مُحَمَّدُ بْنُ فُلَيْحٍ: عَنْ أَبِيهِ: وَفَوْقَهُ عَرْشُ الرَّحْمَنِ  Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kim Allohga va Uning Rasuliga iymon keltirsa, namozni to‘kis ado etsa va Ramazon ro‘zasini tutsa, Alloh yo‘lida jihod qiladimi yoki o‘z tug‘ilgan erida o‘tiradimi, uni jannatga kiritish Allohning zimmasidagi haq bo‘ladi», dedilar. Shunda: «Ey Allohning Rasuli, unda odamlarga xushxabar bermaylikmi?» deyishdi. U zot: «Jannatda yuzta daraja bor bo‘lib, Alloh ularni Alloh yo‘lida jihod qiluvchilarga tayyorlab qo‘ygan. Har bir darajaning orasi osmon bilan er orasicha. Allohdan so‘rasangiz, Firdavsni so‘ranglar, chunki u jannatning qoq markazi, jannatning eng oliysidir», dedilar».
Roviylardan Yahyo ibn Solih aytadi: «Menimcha, «Uning tepasi Rahmonning Arshidir. Jannat anhorlari o‘shandan otilib chiqadi», 
(ham deganlar)».
Roviylardan biri Muhammad ibn Fulayh otasidan rivoyat qilib: «…uning tepasi Rahmonning Arshidir», deb aytgan.
(“Oltin silsila” kitobidan Sahihul Buxoriy). Vallohu a’lam!

26 May 2022, 01:45 | Savol-javoblar | 178 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar