Kishi hadisni o‘z so‘zlari bilan aytsa bo‘ladimi?

Assalomu alaykum! Ustozlar, men islom dinini o‘rganmoqda edim. Bunda hadislar juda ko‘p va ularni so‘zma-so‘z yodlab ololmayapman. Faqatgina hadisda sodir bo‘lgan yoki aytilgan so‘zning asosiy qismi yodimda qolmoqda. Lekin kelajakda farzandlarimni tarbiyalayotganimda Rasululloh sollalohu alayhi vasallam bunday deganlar yoki unday deganlar deya o‘rgatmoqchi edim. Shuning uchun hadis aytayotganimda asosiy ma’nosini oddiy o‘zimning so‘zlarim bilan tushuntirib bersam, hadisni noto‘g‘ri aytgan sanalib, gunohkor bo‘lmaymanmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ma’nosini to‘liq, o‘zgartirmasdan aytishingiz shart. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 01:48 | Savol-javoblar | 185 | Ta’lim va muta’allim
|
Boshqa savol-javoblar