Yangi chaqaloq haqida
Assalomu alaykum! 22 avgust kuni o‘g‘il farzandli bo‘ldim. O‘zim namoz o‘qiyman, ro‘za tutaman, Allohdan qo‘rqaman, lekin diniy ilmim kamroq. Men o‘g‘limning inshaalloh kuchli ilm sohibi bo‘lishini istayman. Iloji boricha Qur’oni karimni tezroq yodlab olishini hohlayman. Ahli ilmlarga juda havas qilaman, shuning uchun nimalarga e’tibor qaratay?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Chaqaloqlar eng unumdor erlarga o‘xshaydi. Lekin er har qancha unumdor bo‘lmasin, albatta unga yaxshi urug‘ ekish hamda doimiy parvarish kerak bo‘ladi. Yaxshi urug‘ bu –diniy ta’lim, sof aqiyda ilmidir. O‘sha ekkan narsangizga qarab kelajakda meva beradi. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 01:48 | Savol-javoblar | 143 | Bola tarbiyasi