Namoz va harom luqma

Assalomu alaykum! Namoz o‘qib harom eb yuruvchi kishining hukmi qanday? Bir kishi namoz o‘qisa va doimiy harom luqma iste’mol qilib yursa, buning hukmi nima bo‘ladi? O‘qigan namozlarining savobidan mahrum bo‘ladimi? Bunday holatda namozini qazoga qoldirsa bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! O‘qiganiga savob, harom luqmasiga azob oladi. Harom eyishning namozni tark qilishiga nima aloqasi bor?! Namozni qoldirish o‘rniga harom eyishini qoldirsin. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 01:49 | Savol-javoblar | 148 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar