Zilzilada namozni buzish
Assalomu alaykum! Men bir video ko‘rgan edim. Unda qaysidur mamlakatda zilzila bo‘lgan ekan. Masjidda namoz o‘qiyotgan imom namozni tugatmay tashlab chiqib ketdi. Savolim shuki bu narsaga qanday qarash kerak?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Bunday holatda namozni buzishga ruxsat bor. Vojib bo‘lgan ibodatlarga kirishilgandan keyin uni buzish joiz emas. Bunga fuqaholar ittifoq qilganlar. Alloh taolo Qur’on karimda “Amallaringizni botil qilmanglar” degan. Zarurat tug‘ilganda esa buzishga ruxsat bor. Zararni daf qilish uchun, masalan o‘g‘ri molini o‘g‘irlab ketayotgan bo‘lsa yoki g‘arq bo‘layotgan bo‘lsa, avtobus yoki poezd ketib qolayotgan bo‘lsa, kimdir halokatga duchor bo‘layotgan bo‘lsa, yosh bola pichoq kabi tig‘li narsalarni ushlab olayotgan bo‘lsa buzish mumkin. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 01:50 | Savol-javoblar | 161 | Namoz