Er va xotin olti oy davomida ko‘rishmasa, qaytadan nikoh o‘qitish kerak emish
Qizimning turmush o‘rtog‘i besh oy oldin uzoq safarga ketgan edi. Ba’zilarning aytishiga qaraganda er va xotin olti oy davomida ko‘rishmasa, qaytadan nikoh o‘qitish kerak emish. Haqiqatdan ham shundaymi?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Yo‘q, unday emas. Oralarida taloq masalasi ko‘rilmagan bo‘lsa, bunday gapni hech ko‘tarishni hojati yo‘q. Turmush taqozosi va yana ba’zi bir sabablarga ko‘ra orada ayriliq bo‘ladigan bo‘lsa-yu, ikki taraf rozi bo‘lgan bo‘lsalar, taloq masalasi ko‘rilmagan bo‘lsa, o‘z-o‘zidan taloq tushib qolishi mutlaqo mumkin emas. Olti oy er xotin bir-birini ko‘rmasa, taloq tushib qoladi degan gap ham katta musibatlarimizdan biri. Bu ham shariyatdan savodsiz kishilarni shariatga tiqilishi va mahmadonalik qilishi, o‘zini bilimdon ko‘rsatish uchun qilgan noto‘g‘ri harakatidir. Bunday narsalar kishilarni tashvishga solish, shubhalantirishga olib keladi, bunga mana shu savol ham dalildir. Bir oila qattiq tashvishlanmoqda, o‘z ixtiyoridan tashqari majbur bo‘lib bir er safarga ketgan, ayolni qarindoshlari balki er xotinni o‘zlari ham olti oy kurishmasa taloq tushib qolarmikin degan uydalar. Bunday odamlarni son sanog‘i yo‘q. Gapni esa hujjat dalili yo‘q. Buni yana ko‘pchilik e’tibor bermayotgan og‘ir bir musibati bor. U ham bo‘lsa, mana shunday tarzda boshqa yoqqa ketgan kishilar bir muddatdan keyin qaytib kelmasalar, “endi olti oydan ko‘p vaqt o‘tdi, taloq tushgan bo‘lsa kerak” degan gumon bilan xotin erga tegib ketishligi yoki kelinni ota-onalari erga berib yuborish holatlari ham bo‘lmoqda. Bular hammasi shariatga xilof ishlar. Hech qaerda, hech kim “er-xotin olti oydan ortiq kurishmasa, taloq tushadi” degan gapni aytgan emas. Taloq er kishini xotiniga “sen taloqsan” deyishi bilangina tushadi. Boshqa vaqtda o‘z-o‘zidan taloq tushib qolish holatlari bo‘lmaydi, balki ajrashish turlari bor, bu aloxida bir masala hisoblanadi. Shuning uchun barcha musulmonlar yaxshi bilib olsinlarki, er ma’lum bir muddat oiladan uzoqda yurgan holatda hech qachon o‘z-o‘zidan taloq tushib qolmaydi. Bu narsani hamma yaxshi bilib olishi lozim.
28 Aprel 2022, 08:24 | Savol-javoblar | 168 | Turli savollar