Qorilarning jannatdagi darajalari

Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, sizlarni yana bezovta qilayapman. Men o‘qib shuni bildimki, qorilarning darajalari jannatda baland bo‘lar ekan. Ularga Qur’oni Karimni o‘qish buyurilib, to‘xtagan joylariga qarab ularning darajalari baland bo‘lar ekan. Savolim shuki, oddiy bir inson sifatida ustozga bormay turib, shunchaki audio yozuvlar orqali xatolarini to‘g‘rilab, Qur’on yod olgan odam ham o‘sha darajadan umid qilsa bo‘ladimi? Javobingiz uchun oldindan rahmat. Assalomu alaykum!

«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Goh-gohida ustozga tekshirtirib olish kerak. Vallohu a’lam.

26 May 2022, 15:48 | Savol-javoblar | 156 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar