"3 taloq eb qolasan o‘chir" deyish

Assalomu alaykum! Turmush o‘rtog‘im bilan telefonda janjallashayotgan edik, "3 taloq eb qolasan o‘chir" deb 3 marotaba qaytardi. Nima taloq dedingizmi uydan xaydaganingizda ajrashaman deb bo‘lgansiz, yaxshi talog‘imni xam bering desam indamay qoldilar. Shu gaplari taloq o‘rnida o‘tadimi? Iltimos javobingizni kutaman.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Agar ayni "3 taloq eb qolasan o‘chir" degan gapni aytgan bo‘lsa bu bilan taloq tushmaydi. Chunki eringizni "eb qolasan" degani taloq qo‘ydim degani emas.  Vallohu a’lam!

26 May 2022, 01:52 | Savol-javoblar | 143 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar