To‘g‘ri qildimmikan?
Assalomu alaykum! Turmushga chiqqanimdan so‘ng 55 kun o‘tmasidan ota uyimga qaytdim. Qaynona oyijonimla egan 2 ta dona tuxumga to‘polon qildila. Ovqatga endi o‘tirsam ko‘ziz to‘q, ovqat emeng derdila. Idish tovoq yuvsam kir yuvotgan bo‘sam issiq suvni o‘chirib qo‘yardila. 1 oyda sizi deb 7 ming ko‘p to‘ladim issiq suvga deb to‘polon qildila qancha. Muzdek suvlada cho‘mildim qancha vaqt. Oyiz hayitga qancha narsa qilib kevottila oldimda gaplashib spiskasini tuzing derdila. Onam qancha narsa qilib kesalayam bu kam orzu hovosim kotta o‘g‘lim 1ta deb qaynagachim bilan birga oborib obkeldila. Oxiri kasalvandga chiqazib, oneng obketsin bo‘masa jinni qilib qo‘yadigan dorilar beraman dedilar. Uyimga qaytdim noiloj, ho‘jayinim kelib yashayman dedila, faqat och qo‘yaman ovqat bermiman, 5 yil uyingga bormisan dedila. Man ho‘p dedim. Yana “faqat o‘zing bor man qo‘rqaman onamladan, uyga o‘zing kel” dedila. Borsam qaynatamlar tepib zinadan itarvordilar va “agar kimgadir aytsen o‘ldirvoramiz deb qaynanamlar bo‘lsa yashatmiman deb to‘polon qildila va bo‘masa o‘g‘limmi oq qilaman dedila. Mahalla komisaligigacha oying narsa qilsa yashisan bo‘masa yo‘q deyishdi. Qaynanamlayam hammayoni sotvoganmiz bemalol qatga arz qisen qivur deshdi. Olib kelgan nasralaringni obket deyshdi, olgani borsak mahalla komissiyaligi bilan liftni o‘chirib qo‘yishibdi. Chunki bizni 7-etajdan 1-gacha tashomasdan qiynalishsin deb. Ancha zulm ko‘rsatishdi yana poliklinikamizga kelib mani jinniga chiqazib ketishibti. Qaynanamla “Xudodanam qo‘rqmiman” dedila, lekin oilam buzilishini istamiman, bir oila buzilsa arshi a’lo titridi deyu. Qaynonamga afsuski hech kim bas kelomayapti. Maslahat beringlar nima qilsam bo‘ladi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Siz bu dunyoda eringizni bitta undan boshqa er chiqmaydi deb o‘ylamang. Xudodan ham qo‘rqmayman degan inson dinsiz va nopok bo‘ladi. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 01:53 | Savol-javoblar | 135 | Oila va turmush
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Siz bu dunyoda eringizni bitta undan boshqa er chiqmaydi deb o‘ylamang. Xudodan ham qo‘rqmayman degan inson dinsiz va nopok bo‘ladi. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 01:53 | Savol-javoblar | 135 | Oila va turmush