Namozdagi kiyim holati

Assalomu alaykum! Hurmatli uztozlar, men juma namozi paytida havo issiqligi uchun engi uzun ko‘ylakni engini shimarib o‘qiyotgan edim. Bir tanishim o‘zi engi uzun ko‘ylakni engini shimarib o‘qib bo‘lmaydi agar engi o‘zi kalta bo‘lsa bo‘laveradi dedilar. Namozingiz namoz bo‘lmaydi agar shimarib o‘qisangiz deb aytdilar. Shu ma’lumot to‘g‘rimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Ikkisida ham namoz ado bo‘ladi. Shimarib olingan suratda karohiyat bilan ado bo‘ladi. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 01:58 | Savol-javoblar | 178 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar