Qiblani to‘g‘ri aniqlash

Assalomu alaykum! Ustozlar, Alloh sizlardan rozi bo‘lsin. Qilayotgan xayrli ishlaringizni bardavom qilsin. Meni savolim shundan iboratki, biz janubiy koreyaning Incheon degan shaxrida o‘qiymiz. Kelganimizga 2 xafta bo‘ldi, lekin qiblani aniqlaydigan dasturlar xar xil ko‘rsatyapti. Shuning uchun qiblani aniqlashni ishonchliroq biron yo‘li bormi? Iltimos ibodatlarimizni to‘g‘ri bo‘lishiga o‘z xissangizni qo‘shinglar. Oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! islamicfinder.com saytidan yoki ilovasidan foydalaninglar. Shundan keyin ham turlicha bo‘lsa qaysi biriga ko‘nglinglar g‘olib bo‘lsa o‘sha tomonga qarab o‘qiyveringlar. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 01:58 | Savol-javoblar | 174 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar