Qo‘l yangilash

Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, kamina Allohning quli, savol bermoqqa ming istihola etsamda, bu savolni bermaslik, kaminaning fikricha nodonlik bo‘lur edi. Bizning tomonda (Samarqand viloyati) "qo‘l yangillash" degan udum bor! Vaholanki, bunday odatning, dinimizda bor yo‘qligini ham bilmayman va aytishni juda istardimki, bu odat uchun insonlar turli xil sarf-xarajatlar qilishadi va buning uchun hattoki qo‘y ham so‘yishar ekan! Buni yaqinda eshitganim ma’lumot asosinda aytmoqdaman. Endi bu shariatimiz ko‘rsatmasiga binoanmu va bunday ish harom bo‘lsa xalqni bundin voqif etmoq darkor deb o‘ylurmen?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Folbinlikka tegishli barcha hukmlar bunga ham tegishlidir. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 01:59 | Savol-javoblar | 144 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar