G‘ayridinni emizish
Assalomu alaykum! Men 2 oy avval farzandli bo‘ldim. To‘g‘ruqxonada rus ayoli bilan bitta palatada edim. Bir kuni uni tekshiruvga olib chiqib ketishdi, u kelgunicha ancha vaqt o‘tdi. Farzandi yig‘layvergach nima qilishni bilmay uni emizib uxlatdim. Bu xol 4-5 marotaba takrorlandi. Uyga qaytgach 1 xaftadan so‘ng u ayol menga qo‘ng‘irok qilib minnatdorchilik sifatida sovg‘alar berib yubordi. Shunda qaynonam bo‘lgan voqeani eshitgach “sen g‘ayridinni emizib so‘ng o‘z farzandingni xam emizgansan. U xam endi bizga xarom yoki berib yubor yoki bizga keraging yo‘q” deb turib oldi. Men 2 oydan beri ota-onam bilan yashayapman, xecham qaynonam va uyidagilarga barcha chaqaloqlar musulmon bo‘lib tug‘ilishlarini tushuntira olmayapmiz. Turmush o‘rtog‘im qaynonamning gapi bilan ajrashishga ariza beribdi. Bu xolatda qanday yo‘l tutishimni maslaxat berasizlar? Rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Siz eng insoniylik amalini qilibsiz. Alloh sizdan rozi bo‘lsin. Boshqa gaplar hammasi mutlaqo noto‘g‘ridir. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning onalari boshqa bolani emizish u yoqda tursin o‘zlarini cho‘ldagi bir ayolga emizishga berib yuborilgan. Ularning maqsadi boshqa bo‘lsa kerak. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 01:59 | Savol-javoblar | 148 | Turli savollar