Musofirchilikdagi halol mehnat
Assalomu alaykum! Hurmatli “Zikr ahlidan so‘rang” hay’ati. Kamina Allohga shukr 5 vaqt namoz o‘qib, doim islomda yurishga harakat qilaman. Halol va harom topilgan pul masalasida juda e’tiborliman. Alhamdulillah. Hozirda musofirchilikdaman va o‘qishga vaqtincha kelganman. Hozir bo‘sh vaqtim ko‘proq bo‘lganligi uchun, ko‘p ish qidirdim va saralab yaqinda bir nechta «ma’qulroq» kelib turgan ish ustida boshim qotib turibdi. Shunga sizdek ilm egalari to‘g‘ri maslahatlar bersangizlar.
Birinchi ishim «Gift Shop»da ya’ni sovg‘alar do‘konida. Ya’ni har xil o‘yinchoqlar, haykallar, rasm, bosh skeleti, farishtalar va ajdarho haykallari va shunga o‘xshash boshqa nomaqbul mahsulotlarni mijozlarga sotish. Bu erda ikkala ish beruchim ham musulmon va biri namoz o‘qiydi.
Ikkinchi ishim restoranda bo‘lib, u erda mahsulotlar halol. Ammo alohida «bar»i bo‘lib, u erda spirtli ichimliklar sotiladi va aytilishicha, bu mamlakatda har bir resotranni alohida «bar»i bo‘lishi shart ekan. Ish beruvchim musulmon va u bilan din masalasida gaplashganimda, tushunushini va ishlasam, spirtli mahsulotlar bilan mijozlarga umuman xizmat ko‘rsatmasligimni tushintirdi. Yuqorida 2ta tanlov ustida turibman. Iltimos vaziyatimdan kelib chiqib maslahat bersangizlar? Katta rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Har bir narsani joiz yoki nojoiz, joiz bo‘lsa, afzal yoki afzal emas taraflari bor. Siz aytgan ikki ish afzal bo‘lmasada, joiz. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 13:33 | Savol-javoblar | 143 | Halol va harom