Salomdan oldin turish

Assalomu alaykum! Muhtarim am ustozlar Alloh ilmingizni bundanda ziyoda qilsin. Men bugun kechikkanim bois bomdodni ikkinchi rakatiga ulgurdim va iqtido qilib imom salom bermasdan tashaxxudni o‘qib bo‘lib turib o‘qiy boshladim. Sheriklarim aytyaptiki buni bir joyda o‘qiganmisiz amal qilyapsiz deb meni eshitganim tashaxxud o‘qiladi va imom adashmagnligiga ishonch bo‘lsa turtib ketilaveradi deb.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Salomini kutishingiz kerak edi, lekin namozingiz durust bo‘lgan. Vallohu a’lam!

4 May 2022, 22:20 | Savol-javoblar | 192 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar