Munosabatlar

Assalomu alaykum! Avvalo, ezgu amal yo‘lidagi ishlaringiz uchun Alloh sizlardan rozi bo‘lsin. Men oila a’zolarim bilan to‘y-marakalarga borganimda ko‘pincha men o‘tiradigan davralar maishat, aroqxo‘rlikdan iborat bo‘lib qoladi. Alhamdulillah men ichmayman, shu sababli qarindosh urug‘lardan ajrab qolgandekman. Menga yoqmasa ham bunaqa o‘tirishlarda oilam bilan o‘tirishimga to‘g‘ri keladi. O‘zimni ulardan alohida olaverganim uchun oila a’zolarim meni koyishadi. Sizlardan so‘ramoqchi bo‘lgan narsam bu ishim shariatimizda to‘g‘rimi?
2). Hadislarda aytilgandek, kim gunoh ishni ko‘rsa uni qo‘li bilan, tili bilan bo‘lmasa dili bilan qaytarsin deyilgan. Men ularga shunday desam bo‘ladimi? Javobingiz uchun oldindan rahmat. Javobni teleramdagi kanalga ham joylashtirsangizlar.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! To‘g‘ri, unday joylarda bo‘lishdan shariatimiz qaytargan. Siz ularga chiroyli uslubda va hikmat bilan tushuntiring. Vallohu a’lam! https://savollar.islom.uz/savol/12169

26 May 2022, 09:33 | Savol-javoblar | 144 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar