Tug‘ma noraso farzand

Assalomu alaykum! Yaqinda jiyanlik bo‘ldim (opam qiz farzandli bo‘ldi) bolaga to‘g‘ruqxonada “Daun sindromi” tashxisi qo‘yildi, ming afsuski va bu tashxis tibbiyot tomonidan tasdiqlandi. Do‘xtirlar bu kasallik bedavo ekanligini va bolani maxsus aqli noraso bolalar uyiga topshirib yana farzand tug‘ishini aytdi. Ammo opam va pochcham bunga ko‘nmayapti ularning nazdida bolalar uyiga topshirsa katta gunoxkor bo‘ladigandek go‘yo, lekin aqli noraso farzand tarbiyasi juda og‘ir. Opam xali yosh, agar bolani topshirmasa boshqa farzand ko‘rishga imkon xam xoxish xam qolmaydi. Iltimos ushbu murakkab vaziyatda to‘g‘ri yo‘lni ko‘rsatsangiz, juda qiyin axvolda qolganmiz xozir.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ota-onasi hal qilsin. Vallohu a’lam!

11 May 2022, 03:10 | Savol-javoblar | 149 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar