Vijdon azoblansa

Assalomu alaykum! Aziz Ustozlar, kanalda chiqadigan har bir savolni javobi bilan o‘qib boramiz oilaviy. sizlarga katta rahmat. Savollarim bor vijdonimni qiynaydi. 1. Restoranda ovqat suzib berganda iloji boricha hammaga teng qib berishga harakat qilaman taomlarni, lekin birovga kam birovga ko‘proq ketib qoladi, narx esa hamma uchun bir xil, shu hollatda men birovni haqqini o‘g‘irlayotgan bo‘p qolmaymanmi? 2). Do‘stlarim ko‘p. Juda yaqinlariga noto‘g‘ri ish qilganda bu ish halolmas, yoki islomda qoralanadi deb aytaman, lekin shunchaki do‘stlarga til chiqarib qilma, bu ish noto‘g‘ri deb ayta olmayman, chunki amri maruf hammaga ham hamma erda ham qilinavermasligi haqida eshitgandim. Shuni holat ham meni biroz qiynaydi. 3). Oxirgi savolim uchun oldindan uzr, lekin juda kup o‘ylayman, dunyoda juda ko‘plab yaxshi insonlar bor, ularning yaxshi amallari ham juda ko‘p lekin musulmon emas. Ba’zilari islomdan xabarlari bor, bazilari ummuman bu din haqida bilishmaydi va shunday o‘tib ketishadi. Shunday insonlarning kofir deb aytishlik to‘g‘rimi? Alloh barchamizni gunohlarimizni kechirsin.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! 1). Siz astoydil harakat qilsangiz biroz kam yoki ko‘p bo‘lishining mijozlar ham bilishadi va bunga rozi ham bo‘lishadi. Qasddan qilmasangiz bo‘ldi.
2). Biroz din uchun shijoat ham qilish kerak. Qo‘lingizdan kelganicha tushuntiravering.
3). Insonning najot topishi sog‘lom aqiydaga bog‘liq. Siz aytgan insonlar esa Alloh to‘g‘risida to‘g‘ri e’tiqodda emaslar. Ularni bu e’tiqodlari Allohga ozor berishini Alloh taoloning O‘zi hadis qudsiyda va Qur’oni karimning oyatlarida bayon qilgan. Bu xuddi ota-onani haqoratlab, shapaloq urib keyin ular aytgan ishlarning ba’zisini bajarishga o‘xshaydi. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 02:02 | Savol-javoblar | 135 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar