Atoqli shayx yarim foizli alkogol ichishga fatvo berdi
Assalomu alaykum.Men quyidagi habarni bugun BB’dan o‘qib qoldim:Misrlik taniqli ulamo Shayx Yusuf al-Qaradaviyning fatvo berishicha, Islom dini tarkibida yarim foizgacha alkogol majvud bo‘lgan ichimlikni ichishga ruxsat beradi.Ammo har qanaqa miqdordagi alkogolni iste’mol qilish butkul ta’qiqlangan, degan fikrdagi musulmonlar orasida bu fatvo bahs qo‘zg‘ashi mumkinligi aytilayotir.Shayx Qaradaviy yuqori darajada quvvat beruvchi ichimliklar haqidagi savolga javob berish asnosida bu fatvoni berdi.U engil pivo tarkibidagi alkogolning sakkizdan bir qismini iste’mol qilish mumkin, deb aytdi.Shayxga ko‘ra, tabiiy bijg‘itish asosida olingan va tarkibida juda oz miqdordagi alkogolga ega ichimlikni ichishga Islom dini qarshi emas.Shayx fatvo berish jarayonida Muhammad Payg‘ambarning "agar ko‘p miqdordagi sharob sizni mast qilsa, unda uning oz miqdordagisini ham ichmang", degan gaplarini keltirgan.Biroq Yusuf Qaradaviy hozir istiqomat qiladigan va alkogol butkul ta’qiqlangan Qatardagi gazeta muharriri mazkur fatvo bilan shayx nifoq qo‘zg‘ashi mumkin, deya shikoyat etmoqda.Muharrirning norozi bo‘lishicha, Shayx Qaradaviy kabi boobro‘ ulamoning og‘zidan chiqqan bu so‘zlar "demak musulmonlar ham bemalol alkogol ichishlari mumkin ekan-da", degan shaklda noto‘g‘ri talqin etilishi mumkin.Shayx Qaradaviy sunniy musulmonlari orasida katta obro‘ga ega ulamolardan. U xalqaro doirada ham va’zlar irod etadi.Biroq Shayx Qaradaviy falastinlik xudkushlik hujumchilarni yoqlagan, degan fikrlar Ovro‘poda unga qarshi kayfiyatlarni kuchaytirgandi.Shunga qaramasdan, Shayx Qaradaviy o‘zini mo‘’tadil ulamo, deb biladi.Ammo bir necha muddat ilgari Britaniya hukumati uning fikrlari zo‘ravonlikka chorlaydi, deb Londonga davolanish niyatida kelmoqchi bo‘lgan Shayx Qaradaviyning o‘z hududlariga kirishiga ruxsat bermagandi. Fitna chiqarishdan Alloh asrasin.Shu haqda hurmatli Shayh hazratlari,sizning fikringiz qanday?[url=https://www.bb’.’o.uk/uzbek/news/story/2008/04/080411_qaradawi_islam_al’ohol.shtml]Manba[/url]
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Siz aytgan gaplar to‘hmatdan boshqa narsa emas. U kishi tayyorlangan ichimlikda tabiiy bijg‘ish asosida paydo bo‘lgan 005 foiz tasirni hechqisi yo‘q deb aytgan. Buni boshqalar to‘hmat tarzida falonchi musulmonlarga alkogol ichimliklarni ichishga ruxsat bergan deb ayuyuhannos solishdi, xolos. Bu xatoga u kishining o‘zlari yana qayta raddiya berdilar va gapning to‘g‘ri naql qilish kerakligini ta’kidladilar.- Siz aytayotgan gapni nafaqat Shayx Qarzoviy kabi katta olim balki aroqqa ruju’ qo‘ygan piyanista ham aytmaydi. Buni farqlash uchun bir oz farosat kerak, xolos.
1 May 2022, 22:36 | Savol-javoblar | 161 | Halol va harom