Xomilaga zarar qilgan ro‘za
Assalomu alaykum! Bir qo‘shnimiz 3 -farzandini dunyoga keltirdi. Sal vaqt o‘tib ko‘chada sayr qilib yurishganini ko‘rib qoldim. Farzandi yaxshi rivojlanmagan, boshi qo‘g‘irchoqnikidek kichkina edi. “Nega juda kichkina?” desam, “Homiladorligimni bilmay turib ro‘za tutib qo‘yibman. Shunga nosog‘lom, nogiron tug‘ilibdi” dedi. Aytingchi homiladorlikda ro‘za tutib bo‘lmaydimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Bu xulosa mutlaqo noto‘g‘ri. Agar haqiqatan homilaga zarar bo‘lishini mutaxassis shifokor aniqlagan bo‘lganida ham bu o‘sha vaqtda onaning o‘zi tadbirini qilmaganligidan bo‘ladi. Shariatimizda, homilador ayollarni o‘zi yoki homilasiga, va emizikli ayollarni o‘zi yoki emizikli farzandiga zarar etadigan o‘rinlarda ro‘zani keyinchalik qazosini tutib berishga ruxsat bergan. Aybni ro‘zaga yuklashdan oldin o‘z majburiyat va haqqlarini o‘rganishi kerak edi. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 22:16 | Savol-javoblar | 154 | Ro‘za