Balog‘at yoshiga etgan yigit va qiz

Assalomu alaykum! Savolim noto‘g‘ri bo‘lsa avvalom bor uzr so‘rayman. Balog‘at yoshiga etgan yigit va qiz, ota onasiga aytmay nikohdan o‘tishsa, keyinchalik yigit sovchi yuborib ota onasi yigitga bermay qolsa, unda qanday hol ko‘rindi? Alloh sizlardan rozi bo‘lsin!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Ular shar’an er-xotin hisoblanadilar. Yoki uylanish kerak, yoki talog‘ini berib, qiz idda o‘tirishi kerak. Mabodo talog‘ini bermasa, yoki talog‘ini bergandan keyin iddasi chiqmay boshqa odamga turmushga chiqsa, u bilan nikohi bog‘lanmaydi va umrining oxirigacha zinoda, farzandlar valadi zino bo‘lishadi. Bunga yo‘l qo‘ymaslikka harakat qilish kerak. Vallohu a’lam!

29 Aprel 2022, 10:18 | Savol-javoblar | 181 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar