Imomlik, Vitr namozi

Assalomu alaykum! Shayx xazratlarining mufassal namoz kitobining imomlikka kimlar layoqatlik bo‘limida, xammasi bandlar bilan ko‘rsatilgan, faqat keltirilgan xadisdagi tushunmagan joyim: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam:«...Bir odam xech qachon boshqa birovga uning saltanatida imomlik qilmasin va uning uyidagi o‘zi uchun tayyorlangan joyga o‘tirmasin. Magar uning izni ila bo‘lsa, mayli» dedilar». Bu avvalgi bandlarda keltirgandan xaqliroqlardan so‘ngmi yoki masalan qiroati bo‘lib, jamoat bilan namoz o‘qib yurgan bo‘lsa lekin boshqa bir kimsaning o‘yida ulardan xaqliroq bo‘lsa ham imomlik qila olmaydimi? 2) Vitr vojib namozida: Abdulaziz ibn Juray roziyalloxu anhudan rivoyat qilinadi: «Oyishadan Rosulluloh sallAllohu alayhi vasallam nima ila Vitr o‘qishlarini so‘radik. U kishi: «Birinchi rakatda«Sabbihisma robbikal a’la»ni, ikkinchi rakatda«Qul ya ayyuhal kofirun»ni,uchinchi rakatda«Qul huvallohu ahad» va «Mu’avvazatayni» ni o‘qir edilar» dedi». Bunda xar bir rakatda Fotixa surasidan so‘ng o‘qiladimi yoki Fotixa surasi o‘qilmay yuqoridagilarni o‘zi kifoya qiladimi? Men Fotixa surasidan so‘ng o‘qiyapman shu to‘g‘rimi? 3) Ko‘p vaqtdan beri suralarni yod olishda ko‘chada, ishda, yayov yurganda yod olayotgan suralarni yoki oyatlari aytib yurirar edim o‘zim eshitarlik darajada va bu odat tusiga kirib qolgan. Bir kun xamkasbim tushunib seni qo‘shiq aytyapti desam sen qiroat qilar ekansan axir doim xam taxoratlik bo‘lmaysanku deb qoldi. O‘ylanib qoldim shu to‘g‘rimikun deb balki u ham xaq gapni aytgandur deb. Lekin bu yillar davomida odatim bo‘lib qolgan. Taxoratlik bo‘lishga xarakat qilaman lekin bilib bilmay gunohkor bo‘lishdan qo‘rqaman. Taxoratsiz bo‘lib aytib yursam gunoxkor bo‘lib qolamanmi? 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Uyni egasi ham haqliroq darajada bo‘lsa qo‘shimcha imtiyoz uyning egasiga bo‘ladi. Uyni egasi avom bo‘lsa albatta imomlikka haqli bo‘lmaydi. 2). Ha. 3). Junub bo‘lmasangiz bo‘ldi. Tahoratsiz Qur’onni ushlamasdan o‘qisangiz bo‘ldi. Vallohu a’lam!

9 May 2022, 22:52 | Savol-javoblar | 203 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar