Ota-onaning farzandlari o‘rtasidagi adolat

Assalomu alaykum! Ota-onaning 3 o‘g‘il farzandi bor. Bir o‘g‘ilga uy-joy va ishxona yana bir o‘g‘ilga uy-joy ishxona bilan taminlashdi. Lekin bir o‘g‘il bulardan mustasno qoldi. Avvalom bor Alloh peshonasiga barokotli nasiba bersin. Farzandlarni teng ko‘rmaslikni xukmi qanday?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Farzandlar o‘rtasida adolat qilish vojib amaldir. Alloh taolo “Niso” surasida marhamat qiladi:  يُوصِيكُمُ اللّهُ فِي أَوْلاَدِكُمْ 11. Alloh sizga farzandlaringiz haqida tavsiya qiladir:  عَنِ النُّعْمَانِ بْنِ بَشِيرٍ رَضِيَ اللهُ عَنْهُمَا قَالَ: سَأَلَتْ أُمِّي أَبِي بَعْضَ الْمَوْهِبَةِ لِي مِنْ مَالِهِ، ثُمَّ بَدَا لَهُ فَوَهَبَهَا لِي، فَقَالَتْ: لَا أَرْضَى حَتَّى تُشْهِدَ النَّبِيَّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ. فَأَخَذَ بِيَدِي وَأَنَا غُلَامٌ، فَأَتَى بِيَ النَّبِيَّ  صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ، فَقَالَ: إِنَّ أُمَّهُ بِنْتَ رَوَاحَةَ سَأَلَتْنِي بَعْضَ الْمَوْهِبَةِ لِهَذَا، قَالَ: «أَلَكَ وَلَدٌ سِوَاهُ؟» قَالَ: نَعَمْ. قَالَ: فَأُرَاهُ قَالَ: «لَا تُشْهِدْنِي عَلَى جَوْرٍ». وَقَالَ أَبُو حَرِيزٍ: عَنِ الشَّعْبِيِّ: «لَا أَشْهَدُ عَلَى جَوْرٍ»  Nu’mon ibn Bashir roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi:
«Onam otamning molidan menga beriladigan sovg‘aning bir qismini undan so‘ragan edi. Keyin unga (otamga) bir fikr keldi-yu, uni menga berdi. (Onam) «Nabiy sollallohu alayhi vasallamni guvoh qilmaguningcha rozi bo‘lmayman», dedi. Men yosh bola edim, (otam) qo‘limdan olib, meni Nabiy sollallohu alayhi vasallamga olib bordi va: «Buning onasi Bint Ravoha mendan bunga beriladigan sovg‘aning bir qismini so‘radi», dedi. U zot: «Sening bundan boshqa bolang bormi?» dedilar. U: «Ha», dedi. Menimcha, u zot: «Meni nohaq ishga guvoh qilma», dedilar».
Abu Hariz Sha’biydan rivoyat qilib: «Men nohaq ishga guvoh bo‘lmayman», shaklida aytgan.

 Yana bir rivoyatda: “Farzandlaring senga yaxshlik qilishda barobar bo‘lishlari seni xursand qiladimi” dedilar. Albatta degan edi, “Unda yo‘q” dedilar. Yana bir rivoyatda esa “Boshqa bolalaringa ham shuncha berdingmi” degan edilar, “Yo‘q” dedi. Shunda “Allohga taqvo qilinglar va farzandlaringiz orasida adolat qilinglar” dedilar. Albatta bu farzandlarning holatiga ham bog‘liq. Bori ham “Menga ham shuncha berasan” deb turishi noto‘g‘ri. Bu eb turib ma’rashga kiradi. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 02:07 | Savol-javoblar | 153 | Administrator
|
Boshqa savol-javoblar