Hadisga ishonmaydigan dugonam
Assalomu aleykum! Aziz ustozlar, dugonam hadislar yolg‘on gaplar, faqat Qur’onni tarjimasini o‘qib tushunsak bo‘ldi dedi. Tarjimasini o‘qib siz xaqiqiy mazmuniga tushunmaysiz, u bilan birga Shayx Hazratlarini tafsirlari, xadislarni xam o‘qisangiz tushunarliroq bo‘lardi dedim. Shunda dugonam "Siz Qur’ondan so‘ralursiz hadisdanmas!", "Sen Qur’onni anglayolmaysan deyish shaytondandir. Alloh o‘zligini ifoda etishdan, tanita olishdan ojiz zot emas. Inson esa Qur’onni o‘qib anglashdan, Yaratuvchini taniy olish, aqlan topa bilib iymon keltirishdan ojiz aqlsiz qilib yaratilmadi. Bundey qarashlik Allohga ham insonga ham haqoratdir(Abdulaziz Bayindir). Shu so‘zlar yozilgan fotolarni tashadi. Men dugonamga bildirgan fikrlarim notog‘rimi? Katta gunoh gap gapirdimmi? Javoblariz uchun oldindan rahmat. Alloh rozi bo‘lsin sizlardan.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Hadisni inkor qilish, xususan mutavotir hadislarni inkor qilish kufrdir. U ayol qur’oniylar degan botil oqimga aralashib qolganga o‘xshaydi. Ular hadislarni inkor qilishadi. Tez tavba qilsin. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 02:07 | Savol-javoblar | 157 | Hadislar