Masixiylar haqida

Assalomu alaykum! Ustozlar hozirda o‘zbek zabon xalqlar uchun Instagram, telegram, YouTube va boshqa saytlarda O‘rta Osiyoda masixiylikni rivojlantiradigan mavzularida nasroniylik diniga targ‘iblar bo‘lmoqda. Hattoki maxallarimizda xam ayrim odamlarning siz xak yo‘ldamisiz deya Injil, Tavrot kabi kitoblarni tarqatishmoqda. Afsuski ayrim dindoshlarimiz ushbu dinga o‘tishmoqda. Ular Qur’onda shunday deyilgan barcha muqaddas kitoblarga iymon keltiringlar deb ularni fikrini buzishmoqda. Internetda Ahmad Diydat rahimahulloh, Zakir Nayk kabi ulamolarimiz bor ekan ulardan Alloh rozi bo‘lsin, lekin ularning ko‘pi rus va ingliz tilida ekan. Shularni tarjima qilib ilmi yo‘q oddiy o‘zbek musulmonlarga ishonchli saytlarimizga qo‘ysangizlar degandim.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Sizlar tarjima qilishga yordam beringlar, biz ularni albatta qo‘yamiz. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 02:12 | Savol-javoblar | 164 | Administrator
|
Boshqa savol-javoblar