Oshlar haqida

Assalomu alaykum! Biz 8-9 kishi bir oyda bir osh eb turamiz. Navbati kelgan kishi 150 ming beradi, etmaganini qolganlar o‘rtasida bo‘lishib to‘lanadi. Bir sherigimiz o‘z navbatini qilib berib chet elga ishlash uchun ketadi va 10-12 oyda keladi. 2-3ta oshni o‘tkazib, yana navbatini qilib berib, yana chet elga ishlagani ketadi. Shunaqa xolat ko‘p takrorlanyapti. U ketgani bilan biz oshni to‘xtatganimiz yo‘q. Navbati o‘tib ketyapti va aksar oshdan qolib ketyapti. Safardan kelsa yana hamma qatori bir xil to‘layapti. Shu xolat to‘g‘rimi yoki boshqa bir yo‘lini qilish kerakmi? Maslahat beringlar.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! O‘zidan so‘ranglar. Agar hadya sifatida sizlarga edirayotgan bo‘lsa joiz. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 02:13 | Savol-javoblar | 126 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar