Mazxab bo‘yicha

Assalomu alaykum! Bir ustozadan 2 yildan beri ilm olamiz Alxamdulillax. Yaqinda namoz va taxorat xaqida dars o‘tdilar. Shuni sezdikki namozlarida va taxoratlarida xanafiy mazxabidagi namozdan boshqacha ekan. Qalbimda shubxa tug‘ildi. Ustoza boshqa mazxabda ekanligidan dalolat beradimi va yana ular bizga Quronning tafsirini iymoniy darslar o‘tadilar. U ustozadan judayam ko‘p ilm o‘rgandik. Mashaallox. Nima deysizlar ilm olishda davom etsam bo‘ladimi? 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Fiqh va aqoid ilmini o‘z mazhabingiz bo‘yicha o‘rgatadigan ustozga boringlar. Vallohu a’lam!

24 Noyabr 2023, 18:31 | Savol-javoblar | 0 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar