Videoda ko‘rgan voqe’a

Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, man yaqinda bitta video ko‘rdim va hayron qoldim. Shu haqida sizlardan so‘rab bilmoqchi edim. U videoda arablar nechidir yillik bir qabrni ochishdi va u insonni kafanini echib ko‘rishdi u huddi tirik insondek edi. Uni yuzlaridan o‘pib peshonasidan o‘pishdi. Uni ko‘zini ochib ko‘rishdi og‘zini ochib ko‘rishdi. Oxirigacha ko‘ra olmadim u huddi kulib turgandek edi. To‘g‘risi qo‘rqdim. Meni hayron qoldirgan narsa bu ish to‘g‘rimi? Bu usha insonga nisbatan hurmatsizlikka kirmaydimi? Savolim uchun uzr va rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Hurmatsizlikka kirmaydi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam “Alloh taolo erga payg‘ambarlarning jasadini eyishni harom qilgan” deganlar. Xuddi shuningdek shahidlarni ham jasadlari chiqimaydi.  عَنْ جَابِرٍ رَضِي اللهُ عَنْهُ قَالَ: لَمَّا حَضَرَ أُحُدٌ دَعَانِي أَبِي مِنَ اللَّيْلِ فَقَالَ: مَا أُرَانِي إِلَّا مَقْتُولًا فِي أَوَّلِ مَنْ يُقْتَلُ مِنْ أَصْحَابِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ، وَإِنِّي لَا أَتْرُكُ بَعْدِي أَعَزَّ عَلَيَّ مِنْكَ، غَيْرَ نَفْسِ رَسُولِ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ، فَإِنَّ عَلَيَّ دَيْنًا فَاقْضِ، وَاسْتَوْصِ بِأَخَوَاتِكَ خَيْرًا. فَأَصْبَحْنَا فَكَانَ أَوَّلَ قَتِيلٍ، وَدُفِنَ مَعَهُ آخَرُ فِي قَبْرٍ، ثُمَّ لَمْ تَطِبْ نَفْسِي أَنْ أَتْرُكَهُ مَعَ الْآخَرِ فَاسْتَخْرَجْتُهُ بَعْدَ سِتَّةِ أَشْهُرٍ، فَإِذَا هُوَ كَيَوْمِ وَضَعْتُهُ هُنَيَّةً غَيْرَ أُذُنِهِ  Jobir roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Uhud(kuni)da tunda otam meni chaqirib: «Nabiy sollallohu alayhi vasallamning qatl etiladigan sahobalarining birinchilaridan bo‘laman, deb o‘ylayapman. Men uchun Nabiy sollallohu alayhi vasallamdan boshqa sendan aziz kishi qolmayapti. Zimmamda qarz bor, uni ado et, singillaringga yaxshilik qil», dedi.
Tong ottirdik. U birinchi qatl qilinganlardan bo‘ldi. U bilan qabrga boshqa kishi ham dafn qilindi. Olti oydan so‘ng uni birov bilan qoldirishga ko‘nglim bo‘lmay, chiqarib oldim. Qarasam, qulog‘ini aytmaganda, qo‘ygan kunimdagidek ekan».

Izoh: 
Hanafiy mazhabiga ko‘ra mayyitni qabrdan chiqarib olish makruh. Faqat zarurat sababli chiqarish mumkin. Shuning uchun ulamolar «Qabr cho‘kib, tushib ketsa ham, mayyit undan chiqarib olinmaydi», deyishadi («Fayzul Boriy»). (“Oltin silsila” kitobidan Sahihul Buxoriy).

Tafsiri Ruhul ma’oniyning sohibi Alloma Olusiy jasadi chirimaydiganlarning safida payg‘ambarlar, siddiqlar, shahidlar, ilmiga amal qiladigan olimlar, faqat savob umidida maosh olmasdan azon aytgan muazzinlarni ham sanab o‘tganlar.  Vallohu a’lam!

26 May 2022, 02:13 | Savol-javoblar | 166 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar