Ayolini uch taloq qilgan imom
Assalomu alaykum! Bu savol asli mening savolim emas. Men bu saytni anchadan beri kuzatib kelaman. Men nomozlarimni ko‘puncha jomoat bilan o‘qiyman va u erda yosh keksa insonlar bilan suxbat qilib qolsam diniy masalada savol-javob bo‘lib qolsa o‘sha sovolni saytlaringizdan topib sizlarning javoblaringizni ularga o‘qib beraman. Shuning uchun bu savolni berishimni iltimos qilishdi. Masjidimiz imomi xam noibi xam bor Alloxga shukur. Ayrim kunlarda xar kuni emas bir keksa oqsokol ular yo‘qligida jamoaga imom bo‘lib o‘qib beradi. Qiroti yaxshi, ilim yaxshi, tajvidni biladi, yani tajvid bilan o‘qiydi. Faqat bir kamchiligi, yoshligida ayoliga uch taloq berib qo‘ygan ekan. Men buni bilmayman, keksa insonlar aytishga qaraganda va ajrashmagan xozirgacha yashab kelmoqda. Yani o‘sha insoni orqasida turub iqtido qilib o‘qisak bo‘laveradimi? Imom va noibidan tashqari tajvidni shu jamaoda u kishidan boshqasi yaxshi bilmaydi.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! U kishini qilgan ishi uchun o‘zi javob beradi. Namozni ruknlarini to‘liq bilsa va to‘liq ado qilsa iqtido qilishingiz joiz. لِأَبِي دَاوُدَ وَالدَّارَقُطْنِيِّ: الصَّلَاةُ الْمَكْتُوبَةُ وَاجِبَةٌ خَلْفَ كُلِّ مُسْلِمٍ بَرًّا كَانَ أَوْ فَاجِرًا وَإِنْ عَمِلَ الْكَبَائِرَ Abu Dovud va Dora Qutniy keltirgan rivoyatda:
«Farz namoz har bir musulmonning ortidan — u yaxshi bo‘lsa ham, fojir bo‘lsa ham, kabira gunohlarni qilsa ham vojibdir», deyilgan.
Sharh: Bu rivoyatdan har kim imom bo‘laverar ekan, degan gap kelib chiqmaydi. Avval o‘tgan hadislardan o‘rganganimizdek, imomlikka eng oliy sifatlarga ega bo‘lgan musulmonlargina o‘tadilar. Bilib turib, nomunosib odamni imom qilishga uringan kishi gunohkor bo‘ladi. Nomunosib odamning o‘zi turli yo‘llar bilan imom bo‘lib olishi ham gunohdir. Imom bo‘ladigan odam ixlosli, taqvodor, ilmli, adolatli va boshqa yaxshi sifatlarga ega bo‘lishi kerak. Bularni yuqorida o‘rganib chiqdik. Ushbu biz o‘rganayotgan rivoyatdagi holat esa taqdir taqozosi bilan musulmonlarning ixtiyoridan tashqari imomlikka o‘tishni o‘ziga ep ko‘rgan, agar ularga qarshi gap-so‘z bo‘lsa, musulmonlar o‘rtasida fitna chiqib, zarar etishi mumkin bo‘lgan holga tegishlidir. Shuning uchun ham ushbu rivoyatni sharhlagan olimlar o‘tgan zamonda ulug‘, ahli solih kishilar ham ba’zan zolim, fosiq hokimlar ortidan namoz o‘qiganlarini zikr qilganlar. Imom Buxoriy Abdulloh ibn Umar roziyallohu anhuning Hajjoj ibn Yusuf as-Saqafiyning ortidan namoz o‘qiganligi haqida rivoyat keltirganlar. Hajjoj ibn Yusuf o‘z nomi bilan, ya’ni Hajjoji Zolim nomi bilan mashhur. Uning ismiga doimo zolimlik sifati qo‘shib zikr qilinadi. Abdulloh ibn Umar roziyallohu anhudek ulug‘ sahobiy fitna bo‘lmasligi uchun uning ketidan namozda iqtido qilganlar. Shuningdek, ulug‘ sahobiylardan Abu Sa’iyd Xudriy roziyallohu anhu Marvon ibn Hakimning ortidan namoz o‘qiganlar. Bunday odamlarning imom bo‘lishlari yaxshi emas. Ammo ular imom bo‘lib qolsa, ortlaridan namoz o‘qish joiz. Ularga iqtido qilgan kishilarning namozlari maqbul. Imomlikka o‘tganlarning gunohlari esa o‘zlariga. Alloh taolo musulmonlarga doimo munosib imomlar topilishini nasib etsin. (“Hadis va Hayot” kitobidan). Vallohu a’lam!
30 May 2022, 17:05 | Savol-javoblar | 161 | Namoz